Operachi Oliy taʼlim vaziriga maslahatchi bo‘ldi
Vazirlikda yangi lavozim joriy qilindi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi jamoatchilik asosida joriy etildi.
Ushbu lavozimga O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Piyazov Jenisbek Burkitovich tayinlandi.
Jenisbek Piyazov oliy va professional taʼlim tizimida yoshlarning ijtimoiylashuvini taʼminlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba yoshlarning “Besh muhim tashabbus” doirasida sanʼat, madaniyat, musiqa sohasidagi iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni ushbu yo‘nalishdagi to‘garak va klublarga faol jalb etishda maslakdosh bo‘lishiga ishonch bildirildi.







