Toshkentda ikkita mashina avariyaga uchradi
Oqibatda haydovchilardan biri jarohatlangan.

Bugun, 15 aprel kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Holat soat 12:20 larda Yashnobod tumani Ohangaron ko‘chasida sodir bo‘lgan. Unda Lacetti hamda Nexia-1 rusumli avtomashinalar o‘zaro to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida Lacetti haydovchisi tan jarohat olgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







