Lifestyle

Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda eʼtirof etildi

U “Eng yaxshi klip” nominatsiyasiga loyiq ko‘rilgan.

Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda eʼtirof etildi

Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan “INDIE SHORT FEST” kinofestivalining “Eng yaxshi klip” nominatsiyasida Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” nomli qo‘shig‘iga olingan videoklip 1-o‘ringa loyiq deb topildi. Bu haqda Madaniyat vaziri o‘z rasmiy telegram-kanalida maʼlum qildi.

 

“Fursatdan foydalanib, ushbu yuksak eʼtirof bilan videoklipni suratga olishda mehnati singgan barcha ijodkorlarni, muxlislarimizni samimiy tabriklayman.

 

Niyatimiz, o‘zbek sanʼati dunyo sahnalarida baralla yangrab, yuksak eʼtiroflarga sazovor bo‘laversin”, deya post qoldirgan Nazabekov.

Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda eʼtirof etildi | Zamon.uz