Prezident hokim o‘rinbosarlarini tanqid qildi
Videoselektorda ularning eksportchilarga ko‘maklashishga eʼtiborsizligi aytib o‘tildi.

So‘nggi oylarda to‘qimachilik mahsulotlari 3 ta yangi bozorga chiqdi, eksport geografiyasi 83 ta davlatga kengaydi.
Biroq hanuzgacha eksportning qariyb 80 foizi Rossiya, Xitoy va Turkiya bozorlariga to‘g‘ri kelayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, Yevropaga eksportni ko‘paytirish dolzarb ahamiyatga ega.
Yevropa, Amerika va boshqa rivojlangan davlatlar bozoriga yoki brendlarga eksport hajmini oshirish uchun korxonadan xalqaro standart va sertifikat talab etiladi. Lekin, eksportchilarimizning 12 foizigina bunday talablarga javob beradi.
Viloyat hokimlari investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlarining bu boradagi faoliyati sustligi, eksportchilarga ko‘maklashishga eʼtiborsizligi tanqid qilindi.







