O'zbekiston

Qarshida tergovchi pora bilan ushlandi

U MCHJ rahbariga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga pul talab qilgan.

Qarshida tergovchi pora bilan ushlandi

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro naslli chorvani rivojlantirish maqsadida Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi qarindoshi rahbarlik qilayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyat nomiga 2021 yilning mart oyida aksiyadorlik tijorat bankidan 450 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olgan.

 

Lekin imtiyozli kredit maqsadli yo‘naltirilmaganligi sababli Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qarshi tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borish uchun Qarshi tumani prokuraturasiga yuboriladi.

 

Tuman prokuraturasi tergovchisi ish yurituviga berilgan ushbu jinoyat ishi doirasida joriy yilning 26 mart kuni kredit olgan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llaniladi.

 

Bundan tashqari, shaxsiy boylik orttirishni maqsad qilgan tergovchi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, kredit ajratilgan MCHJ rahbari bo‘lgan ayolga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga taʼmagirlik yo‘li bilan undan 5 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tergovchi so‘ralgan pul mablag‘ini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “V” bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Qarshida tergovchi pora bilan ushlandi | Zamon.uz