Lifestyle

Braziliyalik ayol marhum qarindoshi nomiga kredit olmoqchi bo‘ldi

Hozirda u firibgarlik bo‘yicha ayblanib, hibsga olingan.

Braziliyalik ayol marhum qarindoshi nomiga kredit olmoqchi bo‘ldi

Voqea Rio-de-Janeyro shahrida sodir bo‘lgan. 3 ming dollar qarz olmoqchi bo‘lgan ayol bankka nogironlar aravachasi bilan kirgan, unda 68 yoshli amakisining murdasi bo‘lgan.

 

Bank xodimlarida shubha uyg‘otmaslik uchun ayol o‘zini qarindoshi bilan gaplashayotgandek ko‘rsatgan. Hujjatga imzo chekish vaqtida go‘yo unga yordamlashayotgandek bo‘lib, marhumning barmog‘idan ushlab qo‘l qo‘ydirgan.

 

Bu xatti-harakat bank xodimlarining eʼtiborini tortgan. Ular nogironlar aravachasidagi odam savollarga javob bermagani uchun avvaliga tez yordam mashinasini, keyin politsiyani chaqirishgan.

 

Tibbiyot xodimlari tekshiruv davomida marhumning bir necha soat avval vafot etganini tasdiqlashgan.

 

Hozirda firibgar o‘g‘irlik va firibgarlikka urinish, shuningdek, murdani tahqirlashda ayblanib, hibsga olingan.

Braziliyalik ayol marhum qarindoshi nomiga kredit olmoqchi bo‘ldi | Zamon.uz