Salomatlik

Stress saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin

AQSH olimlari bu bo‘yicha yangi tadqiqot o‘tkazishdi.

Stress saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin

Shifokorlar tez-tez takrorlaydigan bir muhim tavsiya bor: "Sizga asabiylashish mumkin emas!". Buning sababini JSST quyidagi xulosasi orqali yaqqol ifodalagan. Yaʼni bugun insoniyat hayotiga tahdid soluvchi besh asosiy xavfli omildan biri — stress!

 

Ruhiy zo‘riqish, ortiqcha asabiylashish va depressiya ko‘plab kasalliklarni keltirib chiqarishi maʼlum. AQSHning "Kold-Spring-Xarbor" laboratoriyasi olimlari o‘tkazgan tadqiqot davomida esa stress va saraton kasalligi o‘rtasidagi bog‘liqlik topildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, stressli vaziyatlarda organizmda bir qator gormonlar faollashuvi kuzatiladi. Shulardan asosiysi — adrenalin. U tufayli yurak urishi tezlashib, qon bosimi ko‘tariladi va tanada qo‘shimcha energiya hosil bo‘ladi.

 

Xuddi shunday ruhiy holat kortizol gormoni ishlab chiqarilishini ham faollashtiradi. Oqibatda qon tarkibida qand miqdori meʼyordan oshadi. O‘z navbatida, tahdid yo‘qolishi bilan gormonlar yana normal holatiga qaytadi.

 

Biroq agar inson doimo stress ostida hayot kechirsa yoki tez-tez depressiyaga tushsa, yuqoridagi gormonlar barcha organlar faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsata boshlaydi va bora-bora turli xavfli kasalliklarni qo‘zg‘atadi.

 

Xususan, AQSH olimlari o‘tkazgan tadqiqot davomida surunkali stress saraton hujayralarini paydo qilishi aniqlandi. Yaʼni ruhiy tushkun holatimizda qon tarkibidagi neytrofillar tananing o‘simtalarga moyilligini oshiruvchi yopishqoq tuzilmalar hosil qiladi.

 

Olimlar xulosasiga ko‘ra, ushbu tadqiqot onkologik kasalliklarni davolashga doir yangi usullar va samarali strategik yondashuvlarni ishlab chiqishda qo‘l kelishi mumkin.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Stress saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin | Zamon.uz