Toshkentda “uchastkavoy” pichoqlandi
Bosh prokuratura holat bo‘yicha izoh berdi.

Aniqlanishicha, 14 aprel kuni Yangihayot tumani IIB XPB profilaktika inspektorlari bir xonadonda janjal bo‘layotgani haqidagi xabarga aniqlik kiritish maqsadida yetib kelgan.
Shu payt, xonadon egasi mast holda xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, profilaktika inspektorlarining biriga ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Tan jarohati olgan profilaktika inspektori shifoxonaga olib borilgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105 (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) va 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.







