Yana bir sirop dorixonalardan qaytarib olinmoqda
Hozirda bu bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Rinotin kids» siropi sifati haqida tanqidiy postlar eʼlon qilindi. Sanepidqo‘mita mutaxassislari tomonidan ushbu holat yuzasidan qonun doirasida o‘rganish ishlari olib borilib, aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlarini kelib chiqishining oldini olish maqsadida sirop mahsulotlariga berilgan ruxsatnomalar bekor qilingan.
Shu bilan birgalikda “CYNERGY PHARMCO” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga respublika hududlaridagi barcha savdo tarmoqlari hamda dorixonalardagi “Rad Gida Laboratuvarive Ilac Sanayi Ticaret Limited” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Rinotin kids” sirop mahsulotlarini qaytarib olish topshirig‘i berilib, ijrosi nazorat ostiga olingan.
Bugungi kun holatiga korxona tomonidan 28 ta dorixonalardan mahsulotlar qaytarib olindi. Mazkur holat yuzasidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.







