Yulduz Usmonova “Tojikiston xalq artisti” bo‘ldi
Yana bir guruh sanʼatkorlar ushbu unvon bilan taqdirlangan.

Munojot Yo‘lchiyeva, Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, Og‘abek Sobirovga Tojikiston xalq artisti unvoni berildi. Bu haqdagi farmonni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon imzolagan.
Shuningdek, Mirali Do‘stizoda, Ismoil Nazriyev, Furqat Saidov, To‘lqin Tojiboyev va Rahmatullo Hoshimovga O‘zbekiston xalq artisti unvoni berildi







