Dushanbeda O‘zbekistonning yangi elchixonasi ochildi
Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi doirasida mamlakatning Dushanbe shahridagi elchixonasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari ramziy tasmani kesib, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Elchixonada mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon elchixona Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdilar.







