Farg‘onada ikkita mashina avariyaga uchradi
Oqibatda bir kishi vafot etgan.

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, 19 aprel kuni 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi M.T. o‘z boshqaruvidagi Volkswagen rusumli avtomashinasini Marg‘ilon shahar N.Xolmatova ko‘chasida boshqarib borayotib, 2003 yilda tug‘ilgan haydovchi M.M. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Natijada “Spark” avtomashinasi haydovchisi M.M. tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan.







