Samarqandning ayrim hududlarini suv bosdi
Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Urgut tumani kuchli yomg‘ir sabab ko‘chalarda suv daryo bo‘lib oqayotgani aks etgan video tarqaldi.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, viloyatning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yomg‘ir suvlari to‘planib qolish holatlari kuzatilmoqda.
Jumladan, Urgut tumani hududlarida qisqa vaqt ichida ko‘p miqdordagi yomg‘ir yog‘ishi va yomg‘ir suvlari yig‘ilib, suv o‘tkazish tizimiga sig‘masdan toshib chiqishi holati kuzatilgan.
Ushbu hodisalardan fuqarolarning jabrlanish va binolarga talafot etish holatlari bo‘yicha maʼlumotlar kelib tushmagan.
Hozirda FVB, IIB, hokimlik va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda, deyiladi munosabatda.







