O'zbekiston

Saraton rivojlanishiga olib keluvchi odatlar

Bir qarashdan zararsizdek ko‘ringan baʼzi odatlar saraton rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin.

Saraton rivojlanishiga olib keluvchi odatlar

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga ko‘ra, saraton dunyo bo‘ylab o‘lim holatlarining asosiy sabablaridan biri sanaladi, masalan, 2020 yilda saratondan 10 million nafarga yaqin inson olamdan o‘tgan yoki har olti o‘limning biri shu xastalikka to‘g‘ri kelgan. Saratonning eng keng tarqalgan turlari ko‘krak bezi, o‘pka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak va prostata bezi saratonidir.

 

Bir qarashdan zararsizdek ko‘ringan baʼzi odatlar saraton rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin. Masalan:

 

 

  • Surunkali kasalliklarga eʼtiborsiz bo‘lish

 

Surunkali yallig‘lanish o‘choqlari (masalan, ichakdagi koliti) saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bunday kasalliklar hujayralarning g‘ayritabiiy o‘sishi va bo‘linishiga, shuningdek ularning mutatsiyasiga sabab bo‘lishi, bu esa saratonni paydo qilishi mumkin. Bundan tashqari, yallig‘lanish jarayonlari immunitet tizimini zaiflashtiradi, tanani o‘simtalarga nisbatan zaif qiladi.

 

  • Chekish

 

Tamaki tutuni bilan tanaga saraton rivojlanishiga hissa qo‘shadigan kanserogen moddalar kiradi. Chekish insonning nafas olish tizimiga eng katta xavf tug‘diradi. O‘pka saratoni bilan og‘rigan bemorlarning 90% dan ortig‘i chekuvchilardir.

 

 

  • Yo‘l-yo‘lakay ovqatlanish va shirinliklarni ko‘p isteʼmol qilish

 

Saraton hujayralari o‘sishi va rivojlanishi uchun ko‘p miqdorda glyukoza kerak. Shuningdek, ratsionda shakar miqdorining ko‘p bo‘lishi ortiqcha vazn va 2-tur qandli diabetga olib kelishi mumkin. Bu holatlar esa saraton xavfini oshiradi. Agar shirin mahsulotlarni ko‘p miqdorda isteʼmol qilsangiz, mutatsiyaga uchragan hujayralar rivojlanishi uchun ideal muhitni yaratgan bo‘lasiz.

 

  • Ovqatni issiq holatda yeyish

 

Og‘izni kuydiruvchi issiq ovqat va ichimliklar og‘iz bo‘shlig‘i hamda qizilo‘ngachning kuyishiga olib kelishi mumkin. Bu kabi doimiy kuyish (travma)lar hujayra degeneratsiyasiga tahdid soladi. Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, ovqat va ichimliklar uchun eng yaxshi harorat 60 darajadan oshmagani afzal.

 

  • Kam uxlash

 

Muntazam kam uxlash erkaklarda prostata bezi saratoni va ayollarda esa ko‘krak bezi saratoni rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, uyqu vaqtida melatonin gormoni ishlab chiqariladi. Tanada uning yetishmasligi esa hujayra mutatsiyasiga olib kelishi mumkin.

 

 

Bu odatlar tanani zaiflashtiradi, ammo ular albatta saratonga olib keladi deyish ham noto‘g‘ri. Qanday turmush tarzini olib borishingizdan qatʼi nazar, muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tib turishga harakat qiling. Bu saratonni erta bosqichda aniqlash va o‘z vaqtida zarur choralarni ko‘rishga yordam beradi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Saraton rivojlanishiga olib keluvchi odatlar | Zamon.uz