Nigeriyalik erkak 58 soat shaxmat o‘ynab, rekord o‘rnatdi
U tushgan pullarni xayriyaga sarflamoqchi.

Nigeriyalik Tunde Onakoya Nyu-Yorkdagi shaxmat marafonida jahon rekordini o‘rnatdi. U Tayms-skverda 58 soatdan ko‘proq shaxmat o‘ynadi va g‘alaba qozondi.
Rekordchining aytishicha, butun dunyodagi odamlarning qo‘llab-quvvatlashi tufayli u yangi yutuqlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Nigeriyalik shaxmatchi marafon doirasida Afrikadagi kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun pul yig‘gan.







