Salomatlik

Qay biri foydali: hayvon yog‘i yoki o‘simlik moyi?

Ayrim yog‘ turlari isteʼmolini cheklash ko‘plab xavfli kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Qay biri foydali: hayvon yog‘i yoki o‘simlik moyi?

Yog‘lar inson tanasi uchun xuddi uglevod va oqsil kabi juda zarur. Biroq ayrim yog‘ turlari borki, ular isteʼmolini cheklash ko‘plab xavfli kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

 

Tabiiy yog‘lar asosan 2 xil bo‘ladi:

✅ To‘yingan (hayvon yog‘lari);

✅ To‘yinmagan (o‘simlik moylari).

 

 

To‘yingan yog‘lar (xona haroratida erimaydigan) go‘sht, sut, sariyog‘ tarkibida bo‘lib, organizmga maʼlum darajada foydasi bor. Ammo ularni meʼyordan ortiq isteʼmol qilish qon tarkibida yog‘ miqdorining oshishi va turli kasalliklar kelish chiqishiga olib keladi.

 

 

Salomatlik uchun foydali bo‘lgan, yaʼni to‘yinmagan yog‘lar dengiz balig‘i va turli o‘simlik moylarida uchraydi. Ular qatoriga Omega-3 va Omega-6 yog‘ kislotalari kiradi.

 

Omega-3 asosan dengiz balig‘i, zig‘ir urug‘i va yong‘oq tarkibida ko‘p bo‘ladi. Omega-6 yog‘ kislotalari esa kungaboqar va makkajo‘xori moylarida mavjud. Shuningdek, ushbu yog‘ kislotalari soya, zaytun moyi, avokado kabi mahsulotlar tarkibida ham saqlanadi.

 

 

Bundan tashqari, boshqa yong‘oqsimonlar, yeryong‘oq, pista, bodom, sedana va qovoq urug‘ida ham foydali yog‘lar bo‘lib, ularni isteʼmol qilish sog‘lik uchun juda foydali.

 

Unutmang! Tuz qo‘shilgan yong‘oq, pista va shunga o‘xshash mahsulotlarni ko‘p isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi!

 

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Qay biri foydali: hayvon yog‘i yoki o‘simlik moyi? | Zamon.uz