O'zbekiston

VI BYD Toshkent xalqaro marafon yakunlandi

Yutuqqa qo‘yilgan avtomashinalar kimlarga nasib qildi?

VI BYD Toshkent xalqaro marafon yakunlandi

Bugun Toshkent shahri 45 davlatdan 5 mingga yaqin havaskor yuguruvchi va professional sportchilarni VI BYD Toshkent xalqaro marafonida qabul qildi.

 

VI BYD Toshkent xalqaro marafoni dasturiga 4 ta masofa: 3 va 10 km ommaviy yugurish musobaqasi,  yarim marafon va  marafon masofasi kiritilgan.

 

Marafonning umumiy mukofat jamg‘armasi 720 mln so‘mni tashkil qiladi. Bunda:

Marafon ishtirokchilari: I o‘rin uchun - 60 mln so‘m, II o‘rin uchun –  40 mln so‘m, III o‘rin uchun-  30 mln so‘m,  IV o‘rin uchun– 20 mln so‘m, V o‘rin uchun – 16 mln so‘m, VI o‘rin uchun– 10 mln so‘m mukofoti bilan taqdirlandi. 

 

Yarim marafon ishtirokchilari: I o‘rin uchun -  35 mln so‘m, II o‘rin uchun – 25 mln so‘m, III o‘rin uchun -  20 mln so‘m,  IV o‘rin uchun – 16 mln so‘m, V o‘rin uchun  – 12 mln so‘m, VI o‘rin uchun – 8 mln pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

10 km masofaga yugurish ishtirokchilari: I o‘rin uchun – 9 mln so‘m, II o‘rin uchun – 6 mln so‘m, III o‘rin uchun - 3 mln so‘m mukofoti bilan va 3 km masofaga yugurish musobaqasi g‘olib va sovrindorlari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

Yarim marafonda eng yaxshi natija ko‘rsatgan Parij Olimpiya o‘yinlari litsenziati Shohruh Davlatov va marafonda eng yaxshi natija qayd etgan mahoratli sportchi Yekaterina Tunguskovalar BYD avtomashinalarini qo‘lga kiritdi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

VI BYD Toshkent xalqaro marafon yakunlandi | Zamon.uz