Lifestyle

Endi muzqaymoqlar sotish taqiqlanishi mumkin

Yangi tartib kuzgacha amalda bo‘ladi.

Endi muzqaymoqlar sotish taqiqlanishi mumkin

Italiyaning Milan shahrida yarim tundan keyin muzqaymoq yoki bir shisha suv xarid qilish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda shahar xavfsizligi bo‘yicha maslahatchi Marko Granelli maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, 17 maydan 4 noyabrgacha shaharning eng gavjum joylarida yarim tundan keyin olib ketiladigan taomlarni sotish taqiqlanadi.

 

Farmondan ko‘zlangan maqsad – aholining tinchligi va dam olishini muhofaza qilish.

 

Xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Marko Granellining so‘zlariga ko‘ra, rezolyutsiya hali munitsipalitet tomonidan imzolanmagan. U 3 maygacha manfaatdor tomonlar tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi kerak.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"