Markaziy Osiyoda suv taqchilligi muammosi tobora avj olmoqda. O‘zbekistonda vaziyat qanday?

Zamon.uz Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati rahbari Shuhrat Suyunov bilan suhbat uyushtirdi.

Markaziy Osiyoda suv taqchilligi muammosi tobora avj olmoqda. O‘zbekistonda vaziyat qanday?

Yer yuzi 2 milliard atrofidagi aholi toza ichimlik suviga muhtoj. Salkam 2,5 milliard odam esa sanitariya talablariga javob bermaydigan obihayotdan isteʼmol qilishga majbur.

 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 2050 yilga qadar suvga bo‘lgan talab yana 50 foizga oshadi. Shu raqamlarning o‘zi ham tabiatning bebaho neʼmati bo‘lgan obihayotdan tejamkorona, oqilona foydalanishga undaydi. Markaziy Osiyoda suv taqchilligi muammosi tobora avj olmoqda. Ammo shuncha harakatlar bilan ham, istaymizmi-yo‘qmi, o‘tgan yillardagi qurg‘oqchilik ichimlik suvi muammosidagi asl holatni bizga ko‘rsatib qo‘ydi. Kech anglab yetganimiz: "Orol muammosi" kabi, yangi muammo yaralmasdan turib, joylarda hamon davom etayotgan toza ichimlik suviga bo‘layotgan “tajovuz”larni to‘xtatishimiz vaqti, allaqachon, kelgan.

 

Bu yil bahor har yilgidan ko‘ra yog‘ingarchilikka boy bo‘lmoqda. Bunga so‘nggi kunlarda tog‘ va tog‘oldi hududlarida bo‘layotgan sel toshqinlari yaqqol misol. Xo‘sh, joriy yil O‘zbekistonda qancha suv zaxirasi yig‘ildi?

 

— Suv masalasi O‘zbekiston uchun ham dolzarb muammolardan biridir. Chunki suv resurslarining 80 foizi boshqa mamlakatlardan oqib keladi. Bor-yo‘g‘i 20 foizigina O‘zbekiston hududida hosil bo‘ladi. O‘tgan kuz-qish va bahor oylarida yog‘ingarchilik yaxshi bo‘ldi. Shuning hisobiga, 2024 yilning 19 aprel holatiga ko‘ra, respublikamizdagi suv omborlariga jami 10 milliard 7 million kub metr (2023 yilning mos davriga nisbatan 12 foizga ko‘p) suv resurslari yig‘ildi. 1 apreldan yozgi sug‘orish mavsumi boshlandi. Hududlarga belgilangan limit asosida suv yetkazib berilmoqda.

 

— Kelayotgan yozda mintaqamizda suv muammolari kuzatilishi mumkinmi?

 

— O‘zbekiston Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzasida joylashgan bo‘lib, soha olimlari va mutaxassislar tomonidan 1980 yillarda O‘zbekistonning bir yillik suv isteʼmoli 64 milliard m3 deb hisob-kitob qilingan.

 

Mintaqada so‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishi, muzliklar va yirik daryo havzalari, shuningdek, kichik daryo va soylarda suv sarfining kamayib borayotgani, transchegaraviy suvdan foydalanish muammolari tufayli respublikada o‘rtacha yillik 51 — 53 millard kub metr (97,2 foizi daryo va soylardan, 1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi yer ostidan) suv resurslaridan foydalanmoqda. Bu ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan.

 

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tahliliga ko‘ra, Amudaryo va Sirdaryo havzalarining ko‘pchilik daryolarida 2024 yil sug‘orish mavsumida kutilayotgan suv miqdori meʼyorga nisbatan Qashqadaryo daryosida 70-80 foiz, Vaxsh, Surxondaryo, Zarafshon, Qoradaryo, Chirchiq va Ohangaronda 80-90 foiz, Farg‘ona vodiysi shimolidagi daryolar va Norin daryosida 85-95 foiz, Farg‘ona vodiysi janubidagi daryolarda meʼyordan 95-105 foiz bo‘lishi foiz bo‘lishi kutilmoqda.

 

Kanallarni betonlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sohani raqamlashtirish, suvni samarali boshqarish hisobiga mamlakatimizda har yili 7 milliard m3 atrofida suv iqtisod qilinyapti. Suv tejamkorlik bilan, hisob-kitob asosida yetkazib berilayotgani natijasida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil olinyapti.

 

— Suv tanqisligini oldini olish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?

 

— Suv tanqisligiga kurashish O‘zbekiston hukumati oldidagi eng ustuvor yo‘nalishlardan. Sug‘orish tarmoqlarida suv yo‘qotishlarini kamaytirish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan 2024 yil suv xo‘jaligida “Kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” deb eʼlon qilindi. Joriy yilda 5 ming km sug‘orish tarmoqlari, shundan 1,5 ming km magistral va xo‘jaliklararo hamda 3,5 ming km ichki tarmoqlarni betonlash vazifasi qo‘yilgan.

 

So‘nggi yillarda mamlakatda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan maydonlar 1,3 million gektarga yetkazildi. Shundan tomchilatib sug‘orish 478 ming gektar, yomg‘irlatib sug‘orish 55 ming gektar, diskret usulda sug‘orish 29 ming gektarni tashkil etadi. 700 ming gektardan ortiq maydon lazerli tekislovchi uskuna yordamida tekislandi.

 

Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha oldingi yillardan boshlangan ishlar izchil davom ettiriladi. Bu yil 500 ming gektar maydonda tejamkor texnologiyalarni joriy etish, 2030-yilgacha sug‘oriladigan 4,3 million gektar maydonni ana shunday texnologiyalar bilan to‘liq qamrab olish ko‘zda tutilgan.

 

— Bergan maʼlumotlaringiz va suhbat uchun rahmat.

 

— Salomat bo‘ling.

 

Suhbatdosh: Jamshidbek Amirov

custom img

Sudya Aziza Mirzayeva majlisga ketayotganida halokatga uchradimi?

Oliy sud Tomdi tuman sudi raisi vafoti yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

custom img

Turkiyada yozgi mavsumning eng mashhur milliy taomlari ma’lum qilindi

Sovuq sho‘rvalar, zaytun moyida tayyorlangan sabzavotli taomlar, turli salatlar va mashhur Marash muzqaymog‘i yozgi dasturxonning asosiy ta’mlaridan bo‘lmoqda.

custom img

Toshkentdagi yong‘inda halok bo‘lgan FVV ofitseri Samarqandda dafn etildi

Dafn marosimida FVV rahbariyati va shaxsiy tarkibi, marhumning yaqinlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

custom img

Banklarning moliyaviy holatini tiklash rejalariga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Banklar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan taqdirda ularning faoliyatini tiklashga qaratilgan rejalar endilikda belgilangan talablar asosida ishlab chiqiladi.

custom img

Isroilning Livan janubiga bergan zarbalaridan 11 kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola bor, yana 19 kishi jarohatlangan.

custom img

30-yil o‘tib, onaxonning yodiga tushgan hujjat: 1996-yildagi o‘lim fakti sud orqali tasdiqlandi

Sirdaryoda besh kunlik chaqaloqning 30-yil avvalgi o‘limi sudda tasdiqlandi.

custom img

Qashqadaryodagi ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining ko‘pi oliygoh talabasi bo‘ldi

Uchta maktabda bitiruvchilarning 100 foizi talaba bo‘ldi, bir qator maktablarda esa bu ko‘rsatkich 80–90 foizni tashkil etdi.

custom img

Uchtepadagi yong‘inda FVV xodimi 7 kishining hayotini qutqarib, o‘zi halok bo‘ldi

Yong‘in 15 avgust kuni “Quyi Darxon” MFY hududidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"