Xitoyda kuchli suv toshqinlari kuzatilmoqda
Hozirda 50 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.

Xitoyning Guandun viloyatida so‘nggi kunlarda yoqqan kuchli yomg‘ir tufayli 11 kishi bedarak yo‘qoldi.
So‘nggi paytlarda viloyatning Shaoguan, Guanchjou, Xeyuan, Chjaotsin, Sinyuan, Meychjou va Xueychjou kabi ko‘plab hududlariga kuchli yomg‘ir taʼsir ko‘rsatib, uylarga zarar yetkazdi, yo‘llar yopilib, ko‘chkilar sodir bo‘ldi.
Mahalliy favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Yo‘qolganlarning olti nafari Szyanvan qishlog‘i, qolgan besh nafari esa Dalun qishlog‘i aholisidir.
Viloyat bo‘yicha jami 53 741 kishi evakuatsiya qilindi.







