Salomatlik

Bola necha yoshdan sport bilan shug‘ullanishi kerak?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Bola necha yoshdan sport bilan shug‘ullanishi kerak?

Farzandlar sog‘lom o‘sishi uchun ularning to‘g‘ri ovqatlanishi bilan birga, jismoniy faolligi muhim ahamiyatga ega.

 

Shu bois ota-onalar o‘g‘il-qizlari uchun sport to‘garagi tanlashda ularning yoshi, bo‘yi, jismoniy imkoniyatlari, xohishi va ayniqsa, mavjud kasalliklarini inobatga olishi zarur.

 

Xususan, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan faqat badantarbiya mashqlari bajariladi, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘lim boshlig‘i Barno Odilova. — 4-5 yoshli o‘g‘il-qizlarni esa avval gimnastik mashg‘ulotlarda “toblab”, tanasini chiniqtirish maqsadga muvofiq. Sababi bu yoshdan keyin suyakning qayishqoqligi kamayib, bola ko‘pgina mashqlarni bajarishga qiynaladi.

 

Insonning asab tizimi asosan 5-6 yoshdan mustahkamlana boshlashini inobatga olsak, sport bilan shug‘ullanish uchun bu palla eng maqbul davr hisoblanadi. Chunki bola bu vaqtda murabbiy bergan vazifalarni bajara oladigan yoshga yetadi.

 

6 yashar bolaning xohishiga ko‘ra istalgan sport to‘garagiga berish mumkin. Ammo bu davrda ular uchun eng foydalilari — suzish, badiiy gimnastika va futbol.

 

Bolalarda ko‘p uchraydigan skolioz kabi xavfli kasalliklarni 6-12 yoshgacha suzish, turnikda mashqlar bajarish va yengil atletika yordamida davolash mumkin. Ko‘rish qobiliyati past o‘g‘il-qizlar esa 9-11 yoshda stol tennisi va katta tennis bilan faol shug‘ullanishi lozim.

 

Salomatlik uchun barcha sport turi foydali bo‘lsa-da, ulardan ayrimlarini maʼlum davrlarda cheklash maqsadga muvofiq.

 

Masalan, tanasining rivojlanishi kechikayotgan 12-14 yosh oralig‘idagi o‘g‘il-qizlarga karate, taekvondo, dzyudo kabi og‘riq beruvchi usullarga boy sport turlari tavsiya etilmaydi. Aks holda bolaning bo‘yi o‘smay qolishi mumkin.

 

Xuddi shunday 9-12 yoshda og‘ir atletika bilan shug‘ullanish ham maʼqul emas. Chunki bu bolaga “og‘irlik” qilib, buyragi atrofini yog‘ qoplashiga olib keladi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"