O'zbekiston

Muftiy Islom olami uyushmasi Oliy kengashiga aʼzo bo‘ldi

Bu haqda Saudiyada o‘tgan yig‘ilishda qaror qilingan.

Muftiy Islom olami uyushmasi Oliy kengashiga aʼzo bo‘ldi

Bugun, 23-aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida eng nufuzli tashkilot hisoblangan Islom olami uyushmasi Oliy Kengashning 46-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Islom olami uyushmasi Oliy Kengashi aʼzoligiga qabul qilinganlari to‘g‘risida ushbu yig‘ilishda qaror qilindi. Ushbu aʼzolik Muftiy hazratlari faoliyatlari davomidagi to‘rtinchi yirik tashkilotga aʼzo bo‘lishlaridir. Bular – Xalqaro musulmon ulamolari kengashi (Qatar), Musulmon donishmandlar kengashi (BAA), Islomiy fiqh akademiyasi (Saudiya Arabistoni) va Islom olami uyushmasi Oliy Kengashi (Saudiya Arabistoni) kabilardir.

 

Anjumanda butun jahonda tinchlik-osoyishtalikni qaror toptirish, xususan, Falastin va G‘azo mintaqasidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish, islom ummati birligiga erishish, ayrim musulmon mamlakatlaridagi noxush holatlarni isloh qilish, Rohinja musulmonlarining haq-huquqlarini himoya qilish, diniy ramzlarning tahqirlanishi, ayniqsa, Qurʼoni karimni yoqish kabi holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik va islomofobiya xatti-harakatlarining oldini olish kabi o‘ta muhim masalalar muhokama qilindi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.