O'zbekiston

Narbayeva Britaniya TIV rahbarini qabul qildi

Muloqotda xalqaro maydonda konstruktiv hamkorlikni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Narbayeva Britaniya TIV rahbarini qabul qildi

Bugun, 23-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Devid Kemeronni qabul qildi.

 

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya siyosiy-diplomatik muloqotini kengaytirish, shuningdek, xalqaro maydonda konstruktiv hamkorlikni davom ettirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar munosabatlarni mustahkamlash, parlament aloqalarini faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

Muloqot chog‘ida keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yuqori darajaga ko‘tarilgani alohida taʼkidlandi.

 

Suhbat davomida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

 

Bundan tashqari, taʼlim va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi. Oliy taʼlimda zamonaviy sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, ingliz tilida o‘qitiladigan taʼlim dasturlarini kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

 

Devid Kemeron O‘zbekistonda inson huquqlarini taʼminlash, xususan, munosib mehnat tamoyillarini joriy etish, gender tenglikka erishish, oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilayotganini alohida qayd etdi.

 

Uchrashuv jarayonida keyingi yillarda parlamentlararo hamkorlik sezilarli darajada faollashgani eʼtirof etildi. Tomonlar bu borada o‘zaro muloqotni yana-da kengaytirish bo‘yicha fikr almashdilar.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Narbayeva Britaniya TIV rahbarini qabul qildi | Zamon.uz