O'zbekiston

Jizzaxda ota o‘g‘lining bo‘g‘ziga pichoq tiradi

Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Jizzaxda ota o‘g‘lining bo‘g‘ziga pichoq tiradi

Ombudsmanga Jizzax viloyatidan B.O. nabirasiga otasi tomonidan bosim va zo‘ravonlik qilinayotgani bo‘yicha murojaat qildi.

 

Murojaatchining yozishicha, qizi K.S. 2022 yildan buyon Koreyada ishlayotgani, uning 8 yoshli o‘g‘li esa erining qaramog‘ida qolgan.

 

Murojaatga ilova qilingan videoyozuvda er-xotin video qo‘ng‘iroq orqali janjallashganida, ota o‘g‘lining bo‘g‘ziga pichoq tiragani aks etgan. Shuningdek, ayol eri tomonidan ko‘p marotaba kaltaklangani va sog‘lig‘iga zarar yetgani haqida gapirgan.

 

Murojaat darhol Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, holat uning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda joyiga chiqib o‘rganildi.

 

Aaniqlanishicha, hozirda fuqaro K.S.ning voyaga yetmagan o‘g‘li buvisi bilan yashamoqda. Bola bilan suhbat o‘tkazilganda, ota-onasi o‘rtasidagi salbiy munosabatdan norozi ekanligini, otasi bilan yashashni xohlamasligi hamda buvisi bilan qolishni istashini bildirgan. Shundan so‘ng, fuqaro K.S.ning voyaga yetmagan o‘g‘liga buvisi vaqtinchalik vasiy etib tayinlandi.

 

Ota esa voyaga yetmagan farzandiga nisbatan o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishda ifodalangan g‘ayriqonuniy harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 112-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni qasddan sodir etganlikda ayblanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi

Suhbat davomida sun’iy intellekt davrida universitetning kelajagi va yangi rivojlanish strategiyasi yuzasidan fikr almashilgan.

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Asosiy soliqlar oshirilmaydi — Saida Mirziyoyeva

Kelgusi yilgi Davlat budjetida mablag‘larning asosiy qismi ta’lim, tibbiyot va mahallalarni obod qilishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investitsiyaviy arbitraj ishida g‘alaba qozondi

Ushbu investitsiyaviy nizo 2021-yil iyun oyida boshlanib, 5 yil davom etdi.

Arzon ijara va’dasi bilan firibgarlik: Toshkentda soxta rieltorlar ushlandi

Arzon ijara va’dasi bilan firibgarlik: Toshkentda soxta rieltorlar ushlandi

Ular mijozlarga o‘zlarini uy egalari yoki rieltorlar sifatida tanishtirgan.

Mahkumalarning farzandlari uchun bog‘chalar: ikki jazoni ijro etish muassasasida markazlar ochiladi

Mahkumalarning farzandlari uchun bog‘chalar: ikki jazoni ijro etish muassasasida markazlar ochiladi

3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tun-u kun faoliyat yuritadigan “Ona va bola markazlari” tashkil etiladi.

O‘zbekiston va IREX: media sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston va IREX: media sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasi IREX bilan jurnalistlar malakasini oshirish va media sohasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi.

Gaz ballonlarini noqonuniy to‘plash davom etmoqda: 20-oktyabrdan beri 9,4 mingdan ortiq ballon aniqlandi

Gaz ballonlarini noqonuniy to‘plash davom etmoqda: 20-oktyabrdan beri 9,4 mingdan ortiq ballon aniqlandi

Gaz ta’minoti tizimi xodimlari bilan bog‘liq holatlarda ham qonunbuzilishlar aniqlanib, jumladan, bir xodimda 104 ta gaz balloni borligi qayd etilgan.

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Ijtimoiy tarmoqda tanishgan voyaga yetmagan qizni shantaj qilib, undan pul talab qilgan erkak aniqlandi.