Ukrainalik ayol uzun sochi bilan dunyo rekordini o‘rnatdi
U hech qachon sochini to‘liq qirqmagan, shunchaki uchlarini biroz qisqartirgan.

Ukrainalik Aliya Nasirova uzunligi 257 santimetrga yetgan eng uzun soch egasi sifatida tan olinib, jahon rekordini yangiladi.
Hozirda Slovakiyada yashovchi, rassom, grafik illyustrator va model sifatida ishlayotgan 35 yoshli Aliya hech qachon sochini to‘liq qirqmagan, shunchaki uchlarini biroz qisqartirgan.
Rekord egasi o‘zining g‘ayrioddiy uzun jingalak sochlariga g‘amxo‘rlik qilish sirlari haqida gapirdi: u haftada bir marta sochlarini yuvadi va maxsus niqob bilan namlaydi, unga taxminan ikki soat vaqt sarflaydi.
“Sochlarim quriganidan keyingina tarayman, bu yuvgandan keyingi kun bir soat, boshqa kunlarda esa 30 daqiqa davom etadi”, dedi u.
Aliya sochlarini fen yordamida quritishni maʼqullamaydi. U faqat tabiiy vositalardan, masalan, uy qurilishi niqoblari, yog‘lar va vitaminlardan foydalanadi va bosh terisini massaj qiladi.







