O'zbekiston

Chiroqchida yangi oilaviy poliklinika ochildi

U 33 ming nafardan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Chiroqchida yangi oilaviy poliklinika ochildi

Chiroqchi tumanidagi Langar, Tarag‘ay, Quruqsoy qishloqlari tuman markazidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan. Sohibqiron Amir Temur bobomizning otasi nomi bilan bog‘liq ushbu qadimiy tarixga ega qishloqlarning tabiati juda go‘zal. To‘rt tomoni purviqor tog‘lar bilan o‘ralgan so‘lim go‘sha. Bu yerda to‘rt faslning ham o‘zgacha tarovati bor. Ayniqsa, bahor faslida hudud nihoyatda xushmanzara manzilga aylanadi. Ushbu hududdagi Tarag‘ay turizm qishlog‘i maqomini olgan bo‘lib, keyingi yillarda uning iqtisodiy ijtimoiy holati o‘zgarib bormoqda. Yangi yo‘llar, infrastruktura tizimlari yaratilmoqda.

 

Hududda 4 ta mahallaga birlashgan o‘ndan ziyod qishloq mavjud bo‘lib, ularda 33 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. 

 

Ushbu aholi vakillari shu kunga qadar tibbiy xizmat sifati pastligidan qiynalib kelardi. Boisi hududda birorta ham tibbiyot muassasasi yo‘q edi. Biror xastalik bo‘lganda olis yo‘l bosib, Qalqama shifoxonasiga yoki undan ham uzoq tuman markazidagi shifoxonalarga qatnashga majbur edi. Ayniqsa, qish- qirovli kunlarda ushbu holat aholi uchun juda noqulaylik tug‘dirardi. 

 

Nihoyat aholining uzoq yillik orzulari amalga oshiriladigan bo‘ldi. 2,5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga “Langar” mahallasida “Tarag‘ay” oilaviy poliklinikasi qurilib, foydalanishga topshirildi.

 

33 ming nafardan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatadigan ushbu shifo maskanida 50 nafardan ziyod tibbiyot xodimi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kunduzgi statsionar davolanish uchun 25 ta o‘rin aholi xizmatida. 

 

Oilaviy poliklinikaga yaqin qishloqlar aholisining uzoq yillik orzulari ushaldi. Endi statsionar davolanish uchun tuman markaziga qatnashning hojati yo‘q. Shu yerning o‘zida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit va imkoniyat yaratildi. Tibbiyot maskanida hozircha 5 nafar oliy maʼlumotli shifokor ishlayapti. Kelgusida ularning soni yana-da ko‘payadi. 

 

Oilaviy poliklinikaning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Chiroqchida yangi oilaviy poliklinika ochildi | Zamon.uz