Lifestyle

Olimlar 15 daqiqada sunʼiy olmos yaratishdi

U turli xil sanoat jarayonlarida ishlatiladi.

Olimlar 15 daqiqada sunʼiy olmos yaratishdi

Janubiy Koreya olimlari sunʼiy olmosni bir necha daqiqada o‘stirishga yordam beradigan texnikani ishlab chiqdi.

 

Yangi usul suyuq metallarni aralashtirishga asoslangan. Aralashma nikel, galliy, temir va kremniyni o‘z ichiga olgan.

 

Jarayon 1025 daraja Selsiygacha isitishni talab qildi. Grafit ichidagi maxsus vakuum tizimi metallarni metan va vodorod aralashmasiga taʼsir qilish orqali ularni tez isitish va sovitish imkonini berdi.

 

Bunday sharoitda metandan uglerod atomlari erigan metallga kirib, olmos uchun asos yaratdi. Atigi 15 daqiqadan so‘ng, mayda kristall zarrachalar sirt ostidagi suyuq metalldan paydo bo‘ldi.

 

Sintetik olmoslar turli xil sanoat jarayonlarida, elektronikada va hatto kvant kompyuterlarida keng qo‘llaniladi. Olimlarning qayd etishicha, yangi texnika ularni ishlab chiqarishni ancha tez va osonlashtiradi.

Olimlar 15 daqiqada sunʼiy olmos yaratishdi | Zamon.uz