Salomatlik

Semizlikdan qutulmoqchimisiz?

Unda sog‘lom ovqatlanishning 5 ta muhim qoidasiga amal qiling.

Semizlikdan qutulmoqchimisiz?

Kam harakatlik, genetik omillar, endokrin kasalliklar, noto‘g‘ri ovqatlanish yoki psixologik buzilishlar hamda stresslarga beriluvchanlik sababli so‘nggi yillarda dunyo miqyosida ortiqcha vazn va semizlik jiddiy muammoga aylandi.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining statistik maʼlumotlariga ko‘ra, yurak qon-tomir kasalliklari yer yuzida o‘limning asosiy sababchisi bo‘lib, aynan semizlik uning rivojlanishiga olib keladi.

 

Xo‘sh, bu muammoning oldini olish uchun nima qilish lozim?

 

Salomatlik va strategik rivojlanish instituti bo‘lim boshlig‘i, tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova sog‘lom ovqatlanishning muhim qoidalari haqida aytib o‘tdi.

 

✅ 1-qoida. Kunda 3 mahal asosiy ovqatlanish shart:

 

Nonushta;

 

Tushlik;

 

Kechki ovqat.

 

Asosiy taomni imkon boricha, qorin ochmasdan bir vaqtda isteʼmol qilish kerak. Shuningdek, asosiy ovqatdan avval 1 stakan suv ichish lozim.

 

✅ 2-qoida.

 

Suv ichgandan so‘ng va asosiy ovqatdan avval xom sabzavotlar (pomidor, bodiring, karam, rediska, bulg‘or qalampiri, qizil sabzi, turp, salat bargi va boshqa ko‘katlar)ni alohida yoki salat ko‘rinishida isteʼmol qiling. Salatga uyda tayyorlangan mayonez, qatiq/sho‘r bo‘lmagan suzma yoki zaytun, kungaboqar moyi va limon sharbati qo‘shish mumkin.

 

✅ 3-qoida.

 

Asosiy ovqatdan so‘ng 2 soat oralig‘ida 30 daqiqagacha jismoniy yuklama (1 soniyada 2 qadam tashlab piyoda yurish yoki velosiped haydash yoki shunga o‘xshash jismoniy faollik) bo‘lishi shart.

 

✅ 4-qoida.

 

Ho‘l mevalarni kunning birinchi yarmida asosiy ovqatdan 2 soat keyin isteʼmol qilish maqsadga muvofiq.

 

✅ 5-qoida.

 

Agarda uyquga ketishdan avval qorin ochsa, suvda qaynatilgan 2 ta tuxum oqi yoki 50-100 gramm atrofida oq go‘sht (tovuq, kurka to‘sh go‘shtlari) yoki yarim stakan yog‘siz qatiq/kefir isteʼmol qilish mumkin. 

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Semizlikdan qutulmoqchimisiz? | Zamon.uz