Lifestyle

Va nihoyat: Botir Qodirov Sherali Jo‘rayev otasi ekanini ochiq aytdi

Qo'shiqchi o'zi atrofida bo'layotgan muhokamalar yuzasidan bayonot berdi.

Va nihoyat: Botir Qodirov Sherali Jo‘rayev otasi ekanini ochiq aytdi

Biroz avval xonanda otalik daʼvosi bilan Zohirshoh Jo‘rayevni sudga bergani xabar qilingandi. Shundan so‘ng Internetda turli muhokama va savollar yozila boshlagandi.

 

Qo‘shiqchi bu bo‘yicha jurnalistlarga bayonot berib, ancha yildan beri sir saqlanib kelgan va mavhum bo‘lib turgan masalaga oydinlik kiritdi.

 

“Sherali Jo‘rayev mening otam. Ota-onam ajrashgunchga biz birga yashaganmiz. Men benikoh farzand emasman. Men 43 yil indamay keldim, otamning tinchini buzmaslikka harakat qildim.

 

Shu paytgacha ularning so‘zlarini ikki qilmaslikka harakat qilib keldim. Biroq ukamiz Shohjahon tomonidan 2023 yil sentyabr oyida menga va onamga nisbat yozilgan post meni shu ishni qilishga majburladi”, deydi xonanda.

 

Eslatib o‘tamiz, Botir Qodirov va Zohirshoh Jo‘rayev o‘rtasidagi sud 2 mayga qoldirilgan. U Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida ko‘rib chiqiladi.

 

Va nihoyat: Botir Qodirov Sherali Jo‘rayev otasi ekanini ochiq aytdi | Zamon.uz