Z avlod odatdagidan tez qarimoqda
Olimlar uning sababi va profilaktik choralari haqida maʼlumot berdi.

Atrof-muhitdagi jiddiy o‘zgarishlar, yangi turmush tarzi tendensiyalari va noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli yosh avlod o‘zini tez qarishga mahkum qilmoqda, deydi olimlar.
Yaqinda TikTok foydalanuvchilari Z avlod (1997-2012 yillarda tug‘ilganlar) oldingi avlodlarga qaraganda tezroq qariyapti degan g‘oyani ilgari surdi.
Xalqaro saraton konferensiyasida taqdim etilgan so‘nggi topilmalar yosh avlod vakillarida haqiqatan ham “tez qarish” belgilarini ko‘rsatgan.
Shifokorlar sog‘lom turmush tarzi – to‘g‘ri ovqatlanish, muntazam jismoniy mashqlar va stressni bartaraf etish – tez qarishning profilaktika chorasi sifatida muhimligini taʼkidlamoqda.







