Ayol biznes boshlash uchun bolasini sotmoqchi bo‘ldi
Maʼlum qilinishicha, u o‘g‘liga g‘amxo‘rlik qilishni istamagan.

Ukrainaning Dnepr viloyatida ona o‘z biznesini ochish uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida ikki yoshli o‘g‘lini million grivnaga sotish niyatida edi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tanishiga ko‘rsatilgan summaga bola sotib olish taklifi bilan murojaat qilgan ayolni qo‘lga oldi. U xaridor bilan bitim amalga oshiriladigan joyda uchrashgan.
Chaqaloqning onasi 1 million grivna olayotgan paytda qo‘lga tushdi. Politsiyaning maʼlum qilishicha, ayol o‘g‘liga g‘amxo‘rlik qilishni istamagan. Shuning uchun u bu pulga o‘z biznesini ochishni maqsad qilib, boladan qutulishga qaror qilgan. Hozirda farzandi hokimiyat organlari va Voyaga etmaganlar politsiyasi vakillariga topshirildi.
Ayni paytda chaqaloq tibbiyot xodimlari tomonidan parvarishlanmoqda.







