Surxondaryoda o‘rik pishdi
Hozirda hosilni yigʻib olishga jadal kirishgan.

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida “SPN HUMAGRO” MCHJ bogʻlarida oʻrik gʻarq pishgan. Hosilni yigʻib olishga jadal kirishgan bogʻbonlar xalqaro standartlarga toʻla javob beradigan darmondoriga boy neʼmatni Rossiyaga eksport qilishga ham kirishdilar.
Hozirda 600 nafar mavsumiy va 16 nafar doimiy ishchi oʻrni yaratilgan korxonada hosilni yigʻishtirish, saralash va qadoqlash ishlari jadal olib borilmoqda. Koʻchatlar 3-4 yillik boʻlgani sabab, gektaridan qariyb 25 tonnadan hosil olinmoqda.
Tadbirkorning soʻzlariga koʻra, kelgusida 80-100 tonnagacha hosil olish rejalashtirilgan boʻlib, birgina joriy yil mavsum davomida oʻrikning oʻzidan qariyb 1500 tonna atrofida hosil olish va chet davlatlarga eksport qilish koʻzda tutilgan.







