Lifestyle

Tarixda ilk bor 60 yoshli ayol go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi

U endi navbatdagi tanlovda ishtirok etadi.

Tarixda ilk bor 60 yoshli ayol go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘ldi

Alejandra Rodriges Buenos-Ayres go‘zali tanlovida o‘zidan ancha kichik 34 nafar nomzodni mag‘lub etdi. U endi 25 may kuni bo‘lib o‘tadigan milliy go‘zallik tanlovida ishtirok etadi.

 

Alejandra Rodriges jurnalistlarga bergan intervyusida ayollarni har qanday yoshda o‘ziga va go‘zalligiga ishonishga chaqirib, ularni ilhomlantirgan.

 

Maʼlumot uchun, ayol advokat va jurnalist bo‘lib ishlaydi. U sog‘lom turmush tarziga rioya qilib, sport bilan muntazam shug‘ullanadi.

 

"Men haftada uch marta sport bilan shug‘ullanaman, baʼzida ro‘za tutaman va kosmetika vositalaridan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanaman", deydi tanlov g‘olibi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"