Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi
Ularning hozirgi binolari esa sotuvga qo‘yiladi.

Respublika darajasidagi ijro organlari Yangi Toshkent shahriga ko‘chirilib, ularning hozirgi binolari sotiladi. Sotishdan tushgan mablag‘lar Yangi Toshkentda maʼmuriy binolar qurishga sarflanadi.
Bu «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorida belgilandi.







