“Titanik” yo‘lovchisining soati auksionda sotildi
U kema buyumlari orasida eng qimmat narxga sotilgan yodgorlik bo‘ldi.

27 aprel, shanba kuni Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan auksionda “Titanik” yo‘lovchilaridan birining tilla cho‘ntak soati rekord summaga sotildi. Amerikalik millioner Jon Jeykob Astorga tegishli bo‘lgan ushbu aksessuar o‘zining yangi egasiga 1,175 million funt sterlingga sotildi.
Eng yuqori narxni taklif qilgan xaridor AQSHdan kelgan, ismi oshkor etilmagan kollektor bo‘ldi.
Auksion uyi maʼlumotlariga ko‘ra, Astor soati kimoshdi savdosiga qo‘yilgan eng qimmat “Titanik” yodgorligi bo‘ldi. Bundan avval 2013 yili xuddi shu auksionda tabiiy ofat paytida chalingan skripka 1,1 million funt sterlingga sotilgan edi.







