AQSHda 74 yoshli ayol bankni o‘mardi
U 15 yilgacha qamalishi mumkin.

Ogayo shtatida yashovchi 74 yoshli Enn Mayers Feyrfild shahridagi bankni o‘marishda ayblanmoqda.
Tintuv chog‘ida mashinadan o‘g‘irlik paytida qo‘llangani aytilayotgan to‘pponcha, shuningdek, tashlab ketilgan kiyim-kechak va qalbaki davlat raqami topilgan.
Mayers o‘qotar qurol bilan talon-taroj qilish va dalillarni buzishda ayblangan. Maʼlum qilinishicha, u atigi 500 dollarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan.
Keyinchalik nafaqaxo‘rning o‘zi Internetda firibgarlik qurboniga aylangan. U nomaʼlum shaxsga qarindoshlaridan qarzga olingan katta miqdordagi pullarni – opasidan 5 ming dollar va dugonasidan 65 ming dollar o‘tkazib bergan.
O‘g‘irlik sodir etish arafasida Mayers qarindoshlari bilan buni muhokama qilgan, biroq ular bu so‘zlarni jiddiy qabul qilishmagan. Birinchi sud majlisigacha ayblanuvchi 100 ming dollar garov evaziga ozod etilishi mumkin bo‘lgan hibsda bo‘ladi. Agar aybdor deb topilsa, ayol 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.







