Siyosat

Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo‘yicha axborot berildi

Prezident 29-aprel kuni III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo‘yicha axborot berildi

Ushbu anjumanning nufuzi va ko‘lami tobora oshib bormoqda. 2022 yilda o‘tgan ilk forumga 56 mamlakatdan mingdan ziyod xorijiy mehmonlar kelgan bo‘lsa, bu yil 84 ta davlatdan qariyb 2 ming 500 kishi qatnashishi kutilmoqda. Ular orasida hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari, BMT, YETTB, OPEK, SHHT kabi xalqaro tashkilotlardan yuqori martabali mehmonlar bor.

 

Shu bois forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda barcha tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rildi.

 

b

 

Forum mamlakatimizning iqtisodiy imkoniyatlarini ko‘rsatish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni kelishish uchun qulay maydondir. Shu bois uning doirasidagi tadbirlar, muhokama qilinadigan masalalar ko‘p. Jumladan, shoʻba majlislari, davra suhbatlari, taqdimotlar, hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari kabi 40 dan ortiq tadbirlar rejalashtirilgan. Shuningdek, yurtimizdagi qator loyihalarni ishga tushirish marosimi ko‘zda tutilgan.

 

Davlatimiz rahbari forumni yuqori darajada tashkillashtirish, har bir tarmoq va hududning investitsiyaviy salohiyatini to‘la namoyon etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

 

3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi ham o‘tkaziladi.

 

Maʼlumki, ushbu kengash jahon tajribasi va amaliyotlariga tayangan holda, O‘zbekiston hukumatiga mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha maslahatlar beradi. Bu galgi majlisda ham mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.

 

custom img

O‘zbekiston TIV Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

“Ukrainadagi barcha do‘stlarimizni Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklaymiz!” – deyiladi vazirlikning X’dagi sahifasida.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga an’anaviy o‘zbek ayvonlarini sovg‘a qildi

Donald Tramp ularni Amerika xalqi nomidan qabul qilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Prezident O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida qatnashish uchun Buxoro shahriga bordi.

custom img

Ilhom Aliyev rafiqasi bilan Buxoroga jo‘nab ketdi

Oliy martabali mehmonni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri, Toshkent shahar hokimi va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston rahbari Toqayevni Qozog‘iston tarixida ilk bor bir palatali Qurultoyga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

custom img

“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz” — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon Prezidenti O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlarga yuqori baho berdi.

custom img

Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Ziroat Mirziyoyeva va Mehribon Aliyeva Islom sivilizatsiyasi markazidagi tarixiy ekspozitsiyalar, jumladan, Usmon Mushafi bilan tanishdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetining yangi kampusini ochdi

Majmuada jami 20 ming nafar talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari hamda 5 ming o‘rinli talabalar turar joylari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"