Salomatlik

Katta yoshdagilar nega ko‘proq piyoda yurishi kerak?

Mutaxassis uning sog‘liqqa foydalari haqida maʼlumot berdi.

Katta yoshdagilar nega ko‘proq piyoda yurishi kerak?

So‘nggi yillarda dunyoda infarkt, insult, saraton, qandli diabet kabi xavfli noinfeksion xastaliklarga chalinish ortib bormoqda. Bunga asosan kamharakatlik sabab bo‘lyapti.

 

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, noinfeksion xastaliklar jahonda nogironlik va o‘limning asosiy sababi hisoblanadi. Bu muammoning oldini olish, organizmning sog‘lom bo‘lishi uchun esa muntazam jismoniy faollik zarur. Inson tanasi uchun eng tabiiy va foydali mashg‘ulot esa piyoda yurishdir.

 

Ayniqsa, u katta yoshdagi aholi orasida eng xavfsiz, xech qanday mablag‘ va alohida tayyorgarlik talab etmaydigan jismoniy faollik turi hisobanadi.

 

Doimiy piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 31 foizga kamaytiradi.

 

Kuzatuv yillari davomida muntazam ravishda piyoda yurgan kishilarda o‘lim holati ehtimoli o‘zini ortiqcha urintirmagan kishilarga nisbatan 32 foizga kam bo‘lgan.

 

Harvard universitetining yetti keng ko‘lamli tadqiqoti Meta-tahliliga asosan ham shunga o‘xshash xulosa va raqamlar keltirilgan.

 

Harvardning 10 269 nafar bitiruvchisi orasida kamida 9 mil masofaga piyoda yurish (kuniga 2 km.dan ortiq) o‘lim xavfining 22 foizga kamayishiga to‘g‘ri kelgan.

 

Tibbiyot sohasida ishlovchi 44 452 kishi orasida – kuniga kamida 30 daqiqa piyoda yurganlar yurak ishemik kasalliklar xavfiga 18 foizga kamroq chalinishgan.

 

72 488 tibbiyot hamshirasi orasida haftasiga 3 soat piyoda yurgan xodimlarda yurak xuruji – 35 foizga, insult xavfi 34 foizga kam bo‘lgan.

 

London unversitetining ikki olimi piyoda yurishning organizimga taʼsirini o‘rganish uchun 1970 yildan 2007 yilgacha bo‘lgan barcha tadqiqotlar Meta-tahlilini o‘tkazdi. Bunda 500 000 kishi ishtirok etib, ular o‘rtacha 12 yil davomida kuzatilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, ular quyidagi xulosaga keldi:

 

Asab tizimi – miya faoliyati, harakat va koordinatsiyani yaxshilaydi, asab hujayralari kislorod bilan boyitadi, tinchlantiradi, uyqu meʼyorlashadi. Depressiya xavfini 30 foizga, alsgeymer kasalligini 40 foizga kamaytiradi.

 

Yurak-qon tomirlar tizimi – vegetativ asab tizimining holatiga taʼsiri orqali qon bosimini kamaytiradi, yurak faoliyatini yaxshilaydi. Yurish paytida oyoq mushaklarining ritmik qisqarishi va bo‘shashishi qon va limfa oqimini faollashtiradi, tomirlar kengayishining oldini oladi.

 

Harakat-tayanch tizimi – metobolizmni oshiradi, ortiqcha kaloriyani yo‘qotadi va mushak massasi ortadi. Yurish taʼsiri ostida suyak to‘qimasining tiklanish jarayonlari faollashadi, bu suyak mineral zichligini oshishiga olib keladi. Bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamaytirib, harakatchanlikni oshiradi, ularni o‘rab turgan mushaklarni kuchaytiradi.

 

Nafas olish tizimi – o‘pka ventelyatsiyasini yaxshilab, hajmini oshiradi. Ko‘krak qafasi mushaklari nafas olish jarayoniga jalb qilingani sababli o‘pkaning ekskursiyasi kuchayadi va kislorod almashunuvi 30 foizga oshadi.

 

Ovqat hazm qilish tizimi – o‘t pufagi va ichaklar to‘lqinli harakatlarining oshishi tufayli o‘t qopida tosh paydo bo‘lishi va qabziyatning oldini oladi.

 

Endokrin tizimi – yurganda mushaklar energiyani yog‘larning oksidlanishi va uglevodlarning parchalanishi hisobiga oladi. Bu ortiqcha vazn yo‘qotishda samarali taʼsir ko‘rsatadi va qandli diabet kasalligining oldini oladi.

 

Muntazam yurish immunitetni mustahkamlaydi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"