Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qo‘yildi
Mazkur yo‘nalishda har kuni ikki marta qatnov amalga oshiriladi.

Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga (“Chorvoq” erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi mavsumiy avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi.
Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 8:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan (Humson) esa 6:00 va 16:00 harakatlanadi.
qatnovlar «Uzautotrans servise» korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 20 000 so‘m etib belgilangan.







