Siyosat

“Boysun bahori”da dunyodagi eng uzun so‘zana namoyish etiladi

Uning uzunligi 31 metr.

“Boysun bahori”da dunyodagi eng uzun so‘zana namoyish etiladi

Joriy yilning 1-7 may kunlari Boysun tumanida bo‘lib o‘tadigan “Boysun bahori” Xalqaro folklor festivali uchun hunarmand Nilufar Jo‘rayeva boshchiligida yuzdan ziyod qo‘li gul chevar xotin-qiz uzunligi 31 metr, eni 5 metrdan ortiq so‘zana tikmoqda.

 

Boysunlik bir guruh chevarlar Termiz shahrida 2019 yil bo‘lib o‘tgan birinchi Xalqaro baxshichilik festivalida uzunligi 25 metr va eni 6 metr bo‘lgan dunyodagi eng uzun so‘zanani tuhfa qilgan edi. Shuningdek, 2022 yil Boysun tumanida o‘tkazilgan “Boysun bahori” Xalqaro folklor festivali uchun “Boysun Afro‘zbek” oilaviy korxonasi hunarmandlari uzunligi o‘ttiz va eni ikki yarim metr bo‘lgan “Oq en” nomli noyob gilamni to‘qib, namoyish etdi. Sakkiz nafar xotin-qiz sakkiz oy to‘qigan gilamga 60 kilogramm sof tuya juni ipi ishlatilgan edi.

 

O‘tmishdagi ajdodlarning noyob hunarlarini asrab-avaylab, davom ettirib kelayotgan boysunlik chevarlar qo‘l mehnati evaziga tikilgan so‘zanani eʼtibor bilan tomosha qilsangiz, qadimiy Surxon naqshlari beixtiyor o‘ziga maftun etadi. Nafis jilolari va unga tushirilgan "Yangi O‘zbekiston" yozuvi kelajakka yangicha nigoh bilan intilayotgan xalqimizning ezgu tuyg‘ularidan so‘zlayotgandek taassurot uyg‘otadi.  

 

Viloyatda milliy qadriyat va urf-odatlar namoyish etiladigan yirik tadbirlar uchun o‘ziga xos sovg‘a sifatida tuhfa qilinayotgan noyob va nafis hunarmandlik buyumlarimiz milliy anʼanalarni asrab-avaylab, qadimiy sanʼatni eʼzozlash, yoshlarning moddiy va nomoddiy madaniy merosga intilishini yana-da yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. Xorijlik sayyohlarning yurtimizga qiziqishini oshirib, o‘zaro hamkorlikda milliy madaniyatlar uyg‘unligi va turfa xilligini saqlash milliy anʼanalar asosida xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.  

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.