“Film o‘g‘rilariga chora ko‘rish kerak”
O‘g‘rincha tarqatilayotgan filmga deputat munosabat bildirdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Oydin Abdullayeva o‘zining Facebook sahifasida qirg‘iz kino sanʼati ijodkorlarining mehnatini qadrsizlantirayotganlarga nisbatan qatʼiy chora ko‘rishni taʼkidladi.
“Jannat onalar oyog‘i ostida” nomli badiiy filmni kinoteatrdan o‘g‘rincha tasvirga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan shaxslar avvalo o‘zining, undan keyin mamlakatimizning shaʼniga dog‘ tushiradigan xatti-harakatlarni amalga oshirayotganini tushunib yetishi kerak", — dedi Abdullayeva.
Deputat sanʼat va madaniyatimizni rivojlantirish uchun avvalo intellektual mulk huquqi himoyasini kuchaytirish lozimligini taʼkidlagan.
"O‘zganing asarini o‘g‘rincha ko‘chirib tasvirga olgan va tarqatganlarga nisbatan jazo qo‘llash to‘g‘risidagi huquqiy meʼyorni qonun bilan mustahkamlash vaqti keldi" — deya qo‘shimcha qilgan Oliy Majlis deputati.







