Salomatlik

Oyoqlardagi doimiy og‘riqlar qanday kasalliklardan darak beradi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Oyoqlardagi doimiy og‘riqlar qanday kasalliklardan darak beradi?

Kun davomida tanamizning og‘irligi oyoqlarga tushadi. Natijada ular zo‘riqib, og‘riydi. Agar bu holat tez-tez va doimiy kuzatilsa, qandaydir kasallik belgisi bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, ular qanday xastaliklar?

 

Quyida ular haqida batafsil maʼlumot beramiz.

 

Endarteriit. Bu xastalik payti boldirdagi o‘tkir og‘riq yurganda boshlanadi. Dastlabki 50-70 metr yengil o‘tsa-da, undan keyingi yurish jarayoni og‘riq va uvishish bilan kechadi. Shu sababli bemor dam olib, so‘ng qadam bosishga majbur bo‘ladi.

 

Mazkur kasallikda, hatto, yotgan holatda ham oyoq kafti va son sohasida og‘riq bezovta qilishi mumkin. Bunda oyoq pastga osiltirilganda zo‘riqish biroz pasayadi. Og‘riq juda kuchayganda darhol shifokorga murojaat qilish zarur. Chunki bu yirik arteriya berkilib qolganining belgisi bo‘lishi mumkin.

 

Arteriyalar aterosklerozi. Ushbu xastalikda boldirlarni siquvchi og‘riq va tirishishlar yurganda, yugurganda, zinadan ko‘tarilganda kuchayadi. Oyoq kafti qish va yozda birdek sovuq bo‘lib, og‘riq tunda zo‘rayishi, erkaklarda ko‘pincha jinsiy muammolar kuzatilishi mumkin.

 

Bel-dumg‘aza osteoxondrozi. Kasallik oyoqlardagi sanchuvchi og‘riqning tinch paytda ham bezovta qilishi bilan boshlanadi. Keskin harakatlar payti va zo‘riqqanda yana-da kuchayib, dam olganda ham yo‘qolmaydi. Oyoqning kaftidan to yonboshgacha bo‘lgan qismining orqa va yon tomonlari ham og‘riyotgan bo‘lsa, bu bo‘yin qismi nervi yallig‘lanishidan dalolat beradi.

 

Tromboflebit. Ushbu xastalikda boldir mushaklarida puls kabi urib turuvchi og‘riq kuzatilib, ko‘pincha achishishga o‘tib ketadi. Oyoq qizaradi, shishadi, tomirlar bo‘ylab og‘riqli bo‘rtmalar paydo bo‘ladi.

 

Saramas (roja). Bu kasallikda bemorni tinch holatda ham boldirdagi kuchli og‘riq bezovta qiladi. Teri qizarib, tana harorati ko‘tariladi, qaltiroq bosadi. Mazkur xastalik yuqumli bo‘lgani bois, uni infeksionist shifokor davolaydi.

 

Artroz yoki artrit. Bemor yurganida yoki uzoq vaqt bir joyda turganida bo‘g‘imlarda o‘tkir burovchi og‘riq paydo bo‘lishi bilan kechadi. Bo‘g‘imlarning shakli o‘zgarib, ular qisirlay boshlaydi. Ob-havo o‘zgarganida og‘riq yana-da kuchayadi. Bo‘g‘im sohasi shishadi, qizaradi, qiziydi.

 

Qandli diabet. Bu xastalikda oyoq tomirlari tortishishi, shish, og‘riq kuzatiladi. Boldir terisi quruqshab, po‘st tashlaydi va qichishadi. Oyoq ko‘pincha uvishib, terida chumoli o‘rmalagandek bo‘ladi. Bu kasallikka tashxis qo‘yish uchun qand miqdorini aniqlovchi tahlil topshirish kerak.

 

Osteoporoz. Bemorni boldir sohasida tomir tortishishi va kuchli og‘riq bezovta qiladi. Muammo asosan 40 yoshdan oshgan ayollarga xos.

 

Podagra. Bu kasallik tufayli oyoqning bosh barmog‘ida o‘tkir, puls kabi urib turuvchi og‘riq kuzatiladi. Barmoq qizaradi, shishadi, issiqqa juda sezgir bo‘lib qoladi.

 

Mialgiya. Son mushaklarida og‘riq bilan boshlanib, u jismoniy zo‘riqishlar va nam yoki sovuqda zo‘rayadi.

 

Shuningdek, varikoz tomirlarning kengayishi, yassioyoqlik va tovon pixi kabi kasalliklarda ham oyoq sohasida og‘riqlar kuzatiladi. Ularni keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash uchun o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish lozim.

 

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"