Siyosat

Prezident BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi masalalaridagi ko‘mak eʼtirof etildi.

Prezident BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi Ijrochi kotibi Tatyana Molchanni qabul qildi.

 

Suhbat avvalida Tatyana Molchan Prezidentimizga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Mintaqa va mamlakat miqyosidagi loyihalarni amalga oshirish hamda o‘tgan yil noyabr oyida Boku shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.

 

Davlatimiz rahbari komissiya 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim o‘rnini, uning transport, innovatsiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va gender tenglik, O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi masalalaridagi ko‘magini qayd etdi.

 

2030 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan SPEKAni rivojlantirish konsepsiyasini tez fursatda qabul qilish, dasturning Maqsadli jamg‘armasini ishga tushirish va qator konseptual hujjatlarni tayyorlash muhimligi taʼkidlandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Prezident BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi rahbarini qabul qildi | Zamon.uz