Germaniyada robot-asalarilar yaratildi
Ularning vazni atigi 34 gramm.

Nemis ishlab chiqaruvchilari yengil vaznli asalari-robotlarni yaratishdi.
Robot-asalarilar hajmi jihatidan haqiqiy hasharotlarga qaraganda ancha katta. Ularning uzunligi 22 santimetr, qanotlari esa 24 santimetrga etadi. Biroq robotlarning vazni atigi 34 gramm. Ushbu yengillikka erishish uchun muhandislar generativ dizayn usulidan foydalanganlar.
Robot-asalarilar oldinga uchishi, egilishi, qanotlarining burchagini o‘zgartirishi, shuningdek, havoda burilishlar va murakkab manevrlarni bajarishi mumkin. Shuningdek, ular osmonda o‘z o‘rnini aniqlashga va birgalikda xavfsiz parvoz qilish uchun trayektoriyalarni bir-biri bilan sinxronlashtirishga qodir.







