Salomatlik

Ozish uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?

Bu bo‘yicha JSST tavsiyalari eʼlon qilindi.

Ozish uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?

JSST maʼlumotiga ko‘ra, 2022 yilda dunyo bo‘ylab har sakkiz kishidan biri semirishdan aziyat chekkan. Bu masalaning muammoligi shundaki, ortiqcha vazn ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Ushbu global muammoni hal qilish yo‘lida ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Ulardan biri davomida diabet oldi yoki diabetga chalingan va semizlikdan aziyat chekuvchi katta yoshli insonlar orasida sinovlar o‘tkazildi. Ko‘ngillilar ikki guruhga bo‘linib, ularning har biriga alohida parhez tayinlandi.

 

Birinchi guruh vakillari cheklangan vaqt davomida ovqatlandi va kaloriyalarning katta qismini soat 13:00 gacha qabul qildi. Ikkinchisi esa odatiy ovqatlanish rejimiga amal qilib, kaloriyali ovqatlarni asosan kechqurun isteʼmol qildi.

 

Ushbu tadqiqot maqsadlari uchun birinchi guruhga faqat soat 8:00 dan 18:00 gacha ovqatlanishga ruxsat berildi. Taqqoslash uchun, ikkinchi guruh vakillari ertalab soat 8:00 dan yarim tungacha ovqatlanishlari mumkin edi, bu ularga bir xil belgilangan kaloriyalarni hazm qilish uchun qo‘shimcha olti soat vaqt berardi.

 

Ikki toifa vakillari ham sezilarli miqdorda vazn tashladi. Boshqa belgilar, jumladan glyukoza darajasi, bel aylanasi, qon bosimi va lipid darajalarining o‘zgarishi ikkala guruhda ham o‘xshash edi. Bu esa ovqatlanish vaqti va kaloriyaning kunning qay vaqtida isteʼmol qilinishi katta ahamiyatga ega emasligidan dalolat beradi.

 

Tadqiqot nisbatan kichik bo‘lsa-da, xulosalar vazn yo‘qotish usullarining samaradorligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, maʼlum vaqt oralig‘iga rioya qilib ovqatlanish vazn yo‘qotishga bevosita yordam bermasa ham, bu eng muhim omil — kunlik kaloriyalarni kamaytirishni hal qilishga xizmat qiladi.

 

Ko‘pchilik uchun kaloriyalarni hisoblashdan ko‘ra, ovqatlanish vaqtini tartibga solish osonroq bo‘lishi mumkin va bu tibbiyot xodimlari semizlik muammosi bo‘lganlar uchun tavsiya qilishi mumkin bo‘lgan yo‘ldir.

 

Tadqiqot xulosalari haqida fikr bildirgan diyetolog olim Krista Varadi va epidemiolog Vanessa Oddoning aytishicha, birinchi guruh vakillarining yo‘li vazn yo‘qotish uchun samaraliroq, chunki u odamlarni kamroq ovqatlanishga undaydi. Shuningdek, u boshqa parhez usullaridan samaraliroq bo‘lmasa-da, u bemorlarga kaloriyalarni hisoblashni talab qilmasdan ozish uchun soddalashtirilgan yondashuvni taklif qilishi bilan jozibalidir.

 

Olimlarning fikricha, natijalar butun dunyo bo‘ylab ortib borayotgan semirish muammosini hal qilish uchun kelajakdagi yondashuvlarni ishlab chiqishda yordam berishi mumkin.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Ozish uchun nimalarga eʼtibor berish kerak? | Zamon.uz