Salomatlik

Tez ozib ketish jiddiy kasalliklar alomatimi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Tez ozib ketish jiddiy kasalliklar alomatimi?

Tana vazni salomatlikning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri. Ammo baʼzi insonlarda sababsiz tez ozib ketish hollari kuzatiladi. Xo‘sh, buning boisi nima?

 

Oliy toifali shifokor Raʼno Nosirovaning maʼlumot berishicha, ayrim paytda bosh miya, yurak va mushaklar meʼyorda ishlashi uchun organizmda oziq moddalar yetishmaydi. Shunday holatda ular yog‘ to‘qimasiga “signal” yuborib, ichki qo‘shimcha zaxiradan foydalanadi.

 

Oqibatda yog‘ hujayralari parchalanib, energiya ajraladi va bu quvvat hayotiy muhim aʼzolar ehtiyojini qondirish uchun sarflanadi. Organizm yog‘ to‘qimasini yo‘qotar ekan, o‘z-o‘zidan tana vazni kamayib boradi. Aslida tez ozishning bir necha sabablari mavjud.

 

Jumladan, enterokolit, atrofik gastrit kabi oshqozon-ichak kasalliklarida oziq moddalar so‘rilishi yomonlashib, tana vazni kamayadi. Og‘riq, qorin dam bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, ich ketish yoki qotishi ushbu kasalliklarga xos belgilardir.

 

Qolaversa, oziq moddalar so‘rilishining buzilishi tufayli tanada vitaminlar va mikroelementlar tanqisligi ro‘y berib, anemiya kuzatiladi. Teri quruqlashib, tirnoqlar sinuvchan, milklar esa qonaydigan bo‘lib qoladi.

 

O‘tkir pankreatit (meʼda osti bezi yallig‘lanishi) va surunkali xolitsistit (o‘t yo‘llari yallig‘lanishi)da ham tana vazni kamayishi mumkin. Chunki ushbu xastaliklar sababli ovqat hazm qilish jarayoni buzilib, organizm ayrim oziq moddalarni qabul qila olmaydi.

 

Bunday hollarda bemorlar taomlangandan so‘ng noqulaylik hissini sezadi. Ko‘ngli aynib, ich ketish, xoletsistitda o‘ng qovurg‘a ostida og‘riqlar paydo bo‘ladi.

 

Shuningdek, sil kasalligida ham bemor tez ozib ketadi. Ishtaha yo‘qolib, organizm xastalik qo‘zg‘atuvchisi – sil tayoqchasiga qarshi kurashish uchun ko‘p energiya sarflaydi.

 

Tan vazni tez yo‘qotilishining keng tarqalgan sabablaridan yana biri ichaklardagi gelmintlar va lyambliyalardir. Bunday bemorlarda ko‘ngil aynishi, qorin dam bo‘lishi, ich buzilishi, teriga turli toshmalar toshishi, tana harorati ko‘tariladi.

 

Bundan tashqari, ozib ketish qandli diabetning 1-turi, depressiya, onkologik kasalliklar, limfoma, limfogranulematoz, leykoz kabi kasalliklar sababli ham bo‘lishi mumkin.

 

Agar tez vazn yo‘qotish holati kuzatilsa, oila shifokoriga murojaat qilish lozim.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Tez ozib ketish jiddiy kasalliklar alomatimi? | Zamon.uz