O'zbekiston

Toshkentda 9 kishiga 230 mln so‘m jarima belgilandi

Ular tabiatga 139 mln so‘m zarar yetkazgan.

Toshkentda 9 kishiga 230 mln so‘m jarima belgilandi

 

Toshkentda bir guruh fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al xomashyosi qazib olingani aniqlandi.

 

Qayd qilinishicha, ekologiya vazirligi nazorat inspeksiyasi hamda Toshkent shahar IIB hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazilgan. Toshkent shahri, Yashnabod tumani, "Jarboshi" MFY, Chirchiq daryosida olib borilgan reyd davomida bir guruh fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda ekskavator va yuk mashinalarida qum-shag‘al xomashyosi qazib olingani ma’lum bo‘lgan. Ular tabiatga 139 million so‘m zarar yetkazgan.

 

Holat yuzasidan 9 ta shaxsga nisbatan MJtKning 1-moddasiga (ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik) asosan 91 mln so‘m jarima belgilandi. Huquqbuzarlar jami 230 million so‘m to‘laydigan bo‘ldi. Shuningdek, texnika vositalari vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirildi.

 

Ma’lumot uchun, Prezidentining 14-sonli farmoniga asosan 2024 yil 1 maydan Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo daryolari o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy o‘rnatildi. Ekologiya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birga qum-shag‘alni noqonuniy qazib olishga qarshi doimiy reyd tadbirlari olib borilmoqda.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"