Lifestyle

Eronda “baliq yomg‘iri” yog‘di

Bu mamlakatda kuzatilgan ilk holat emas.

Eronda “baliq yomg‘iri” yog‘di

Holat mamlakatning markaziy Yasuj shahri ko‘chalarida kuzatilgan. Mahalliy aholi qisqa muddatli yog‘ingarchilikdan so‘ng osmondan tirik baliqlar tushayotganiga guvoh bo‘lishgan.

 

Taxminlarga ko‘ra, tornado suv ombori ustidan o‘tib, baliqlarni bir necha kilometr masofaga uloqtirib yuborgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bu Eronda kuzatilgan birinchi holat emas. 2018 yilning may oyida ham xuddi shunday hodisa yuz bergandi. Odamlar yomg‘irdan so‘ng ko‘chalarda mayda baliqlarning sochilib yotganini ko‘rishgan.