Lifestyle

Madonnaning konsertiga 1,6 mln odam yig‘ildi

Bu uning karyerasidagi rekord hisoblanadi.

Madonnaning konsertiga 1,6 mln odam yig‘ildi

Madonnaning 4-may, shanba kuni Rio-de-Janeyrodagi plyajda bo‘lib o‘tgan shousiga 1,6 million tomoshabin to‘plandi. Bu qo‘shiqchining ijodiy faoliyatidagi rekord natija hisoblanadi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, konsertga kirish bepul bo‘lgan. Unga boshqa shaharlardan muxlislar hatto bir necha kun oldin yetib kelishgan. Plyaj qumliklari haqiqiy raqs maydoniga aylangan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Madonnaning eng mashhur shousi 1987 yilda Parijdagi konsert bo‘lib o‘tgandi, unga 130 ming kishi tashrif buyurgan.

Madonnaning konsertiga 1,6 mln odam yig‘ildi | Zamon.uz