Salomatlik

Qandli diabetga chalingan bolalar sport bilan shug‘ullansa bo‘ladimi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Qandli diabetga chalingan bolalar sport bilan shug‘ullansa bo‘ladimi?

Har qanday yoshda bolalarning sport bilan shug‘ullanishi ularning sog‘lom ulg‘ayishiga katta yordam beradi. Biroq bunda ayrim tavsiyalarga amal qilish maqsadga muvofiq.

 

Misol uchun, 2-3 yoshda bolajonlarning suzish bilan shug‘ullanishi ancha foydali. Boisi bu vaqtda jismoniy yukka suvda bardosh berish oson. Faqat tanani qiynash kerak emas.

 

4 yoshda: sport raqslari, ushu, gimnastika. Sport raqslari bolani qayishqoq qiladi va boshqa sport turlarini boshlash uchun yaxshi asos hozirlaydi. Gimnastikada esa ular o‘z harakatlarini uyg‘unlashtirishni o‘rganadi.

 

 

4-5 yoshda: suzish, gimnastika, akrobatika. Bu yoshda suzishga alohida eʼtibor berish kerak. Agar qizlar qobiliyatlarini namoyon qilsalar, bir yildan keyin sinxron suzishga borishlari mumkin.

 

5 yoshda: karate. Karate mashg‘ulotlarida bolalar diqqatni jamlash, o‘z energiyasini zarur oqimga yo‘naltirishga o‘rganadi.

 

6 yoshda: tennis, stol tennisi. Tennis va stol tennisi bolalar uchun eng foydali sport turlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ular ko‘rish qobiliyatiga ijobiy taʼsir qiladi.

 

7 yoshda: badminton. Bu yoshda bolani tennisga berish yaramaydi. Avval badminton bilan shug‘ullansa, uning beli qotadi. Tezkorligi va tezligi oshadi. Bir yildan so‘ng esa tennisni boshlasa bo‘ladi.

 

Lekin, qandli diabetga chalingan va yurak faoliyati izdan chiqqan bemor bolalarga faqat davolash jismoniy tarbiyasi ruxsat etiladi.

 

Bundan tashqari, ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan bolalarga xokkey, futbol, basketbol, voleybol, shuningdek zarbli va kontaktli yakkakurash turlari tavsiya etilmaydi.

 

Bola surunkali tonzillit, sinusit, gaymorit, nafas yo‘llari kasalliklari bilan og‘rigan bo‘lsa, sportning “sovuq” turlari — chang‘i, konki, suzish bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.

 

Umurtqa pog‘onasida muammolar bo‘lgan bolalarga esa yengil atletika, tennis, badminton va velosiped uchish bilan shug‘ullanish maslahat berilmaydi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.